Aziz Abduhakimov “kattakonlar”dan ishga velosipedda kelishni so‘radi
Jamiyat
−
21 Sentabr 2021
7941O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari – Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov ertaga, 22 sentyabr kuni “Xalqaro avtomobilsiz kun” doirasida davlat idoralari va mahalliy organlar rahbarlarini hech bo‘lmasa yilda bir martda avtomobilda harakatlanmasdan, ishga velosiped yoki piyoda kelishga chaqirdi. Shu munosabat bilan uning o‘zi ham ishga velosipedda bordi.
“Xalqaro avtomobilsiz kun” munosabati bilan davlat idoralari va mahalliy organlari rahbarlarini shaxsiy namuna ko‘rsatib, 22 sentyabr “Xalqaro avtomobilsiz kun” tadbirlarida faol ishtirok etishga chaqiraman. Shu bilan birga, ilm-fan, madaniyat va sport sohalari xodimlari hamda OAV vakillarini, qolaversa barcha yurtdoshlarimizni shu kuni ommaviy tadbirlarda faol ishtirok etishga hamda bir kun davomida avtomobil o‘rniga velosipeddan foydalanish yoki piyoda harakatlanishga chorlab qolaman. Avtomobilsiz kun aksiyasi doirasida #carfreeday_uzbekistan, #shaxsiynamunakursat, #avtomobilsizbirkun xeshteglaridan foydalanib, yana-da keng aholini qamrab olishni taklif etaman”, deydi Aziz Abduhakimov.
Vazirning qayd etishicha, jismoniy faollikni oshirish infeksion, yurak-qon tomir, saraton va qandli diabet kasalliklar profilaktikasida ham muhim o‘rin tutadi.
“Bu kabi tadbirlarni o‘tkazish mamlakatimizda yo‘l xarakati xafsizligini yana-da takomillashtirish, shahar aholisi o‘rtasida ekologik madaniyat hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishni maqsad qilgan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ham o‘z tavsiyalarida jismoniy faollikni oshirish infeksion, yurak-qon tomir, saraton va qandli diabet kasalliklari profilaktikasida muhim o‘rin tutishini ta’kidlaydi. Shunday ekan, fikrimcha, ayni damda dunyoda pandemiya bilan bog‘liq vaziyatda bunday aksiyaning o‘tkazilishi ayni muddaodir”, deya ta’kidladi Turizm va sport vaziri.
Ma’lum qilinishicha, har yili 22 sentyabr kuni O‘zbekiston hududida, mahallalarda yashovchi uyushmagan yoshlar o‘rtasida ham velosiped, skeyt va samokatlarda uchish musobaqalari tashkil etiladi.
LiveBarchasi