Yonib kul bo‘lgan “Selxoz”dan fotoreportaj
3-sahifa
−
01 Oktabr
59166Kecha, 30 sentyabr kuni Toshkent viloyati, Qibray tumanida joylashgan Toshkent davlat agrar universiteti hududidagi binoda yong‘in chiqdi. Bugun, 1 oktyabr kuni soat 8:00 larda QALAMPIR.UZ jamoasi voqea joyida bo‘lib, universitetning yong‘indan keyingi holatini suratga olishga muvaffaq bo‘ldi.
Bildirilishicha, soat 20:10 da Toshkent davlat agrar universiteti hududidagi binoda boshlangan yong‘in 21:36 da to‘liq qamrab olinib, 22:10 da batamom o‘chirilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, universitet 28 gektar maydonni egallagan bo‘lib, uning hududida bir qancha tashkilot va idoralar, xususiy oliy ta’lim muassasalari faoliyat olib boradi, jumladan, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi binosi ham universitetning bir qismida joylashgan.
FVVning ma’lum qilishicha, yong‘inni bartaraf etish jarayonini Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor Abdulla Qo‘ldoshev bevosita joyidan boshqarib borgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.
LiveBarchasi