O‘zbekistonga 900 ta elektrobus olib kelish rejalashtirilmoqda

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 1 353 ta yangi turdagi yo‘lovchi tashish transporti, shu jumladan 900 ta elektrobus sotib olish, piyodalar infratuzilmasini modernizatsiya qilish va sekin-asta harakatdagi tarkibni yangilash, jarayonlarning raqamli boshqaruvini joriy qilish hamda Toshkent metropolitenida xavfsizlikni oshirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda kecha, 16 sentyabr kuni "Toshshahartransxizmat" AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari Anvar Jo‘rayev “Men shahrimni sevaman!” – O‘zbekistonda Yevropa harakatlanish haftasi-2021 ochilish marosimida ma’lum qildi.

Yevropa harakatlanish haftasi 16-22 sentyabr kunlari Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Delegatsiyasi, Transport vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, “Toshshahartransxizmat” AJ, “Tashkent Runners” yugurish klubi va O‘zbekiston velosipedchilar hamjamiyati bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.

Aytish joizki, ushbu haftalik O‘zbekistonda uchinchi marotaba o‘tkazilmoqda. Uning mavzusi “Barqaror harakatchanlik bilan sog‘liq va xavfsizlik” bo‘lib, shahar aholisining COVID-19 pandemiyasi paytida qo‘llab-quvvatlashni aks ettiradi. Uning maqsadi shahar aholisi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzining afzalliklari to‘g‘risida xabardorligini oshirish.

Qayd etish kerakki, Yevropaning mobil haftaligi-2021 doirasida O‘zbekistonda bir qator tadbirlar kutilmoqda. Kecha, esa Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek nomidagi Markaziy bog‘ida “Men o‘z shahrimni yaxshi ko‘raman: barqaror shahar harakatchanligiga ijodiy yondashuv” ko‘rgazmasi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ochilish marosimida so‘zga chiqqan Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian pandemiya davridagi qiyinchiliklar, havoni ifloslantirmaydigan transport vositalarini joriy qilish kabi masalalarni gapirib o‘tdi.

“Joriy yil uchun tanlangan mavzu COVID-19 pandemiyasi davrida Yevropa va butun dunyo boshdan kechirgan mushkulliklarga hurmat bajo keltirishni ifodalaydi. Shuningdek, mavzu pandemiya davridagi inqiroz natijasida yuzaga keladigan o‘zgarishlarni aks ettiradi. Bu yilgi Yevropa harakatlanish haftasi shaharlarning yashovchanligi va ularning yutuqlarini e’tirof etadi. O‘tgan yili boshlangan tendensiyalar havoni umuman ifloslantirmaydigan harakatlanish turlaridan foydalanishni yanada yuksaltirishni taqozo etmoqda”, deydi Sharlotta Adrian.

Shuningdek, ko‘rgazmada o‘zbekistonlik dizayner va rassomlar tomonidan xavfsizlik, sog‘lomlik va o‘z shahrini g‘amxo‘rlik kabi g‘oyalarni aks ettiruvchi velosipedlar taqdim etildi.


Maqola muallifi

Teglar

elektrobus

Baholaganlar

85

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing