Toshkentda jamoat transporti tarkibi yana 200 elektrobus bilan yangilanadi

Jamiyat

image

2024 yilda Toshkent jamoat transporti harakat tarkibini 200 dona elektrobus bilan yangilash orqali zararli moddalar miqdorini yillik 4,6 ming tonnagacha kamaytirish rejalashtirilgan. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Toshshahartransxizmat” AJ avtobus saroyi filiallarida 2 ming 17 dona harakat tarkibi mavjud bo‘lib, shundan 672 donasi dizel yoqilg‘isida (33 foiz), 1 ming 20 donasi tabiiy gaz yoqilg‘isida (50 foiz), 324 donasi elektr energiyasida (17 foiz) harakatlanadi. 2022-2023 yillarda sotib olingan avtobuslarning 58,7 foizi siqilgan tabiiy gazda, 21,4 foizi esa elektr energiyasida harakatlanadi.

Natijada, harakat tarkibining o‘zidan chiqadigan zararli moddalar miqdori 2022 yilda 5,1 ming tonnani, 2023 yilda 4,8 ming tonnani tashkil etgan. Shu bois ham 2024-2030 yillarda qo‘shimcha 1 200 dona elektrobus xarid qilish va avtobuslarni tabiiy gaz yoqilg‘isiga o‘tkazish ko‘zda tutilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent jamoat transporti elektrobus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing