Shavkat Mirziyoyev Islom Karimovni xotirlash marosimida ishtirok etdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatning Birinchi Prezidenti Islom Karimovni xotirlash marosimida ishtirok etishi haqida xabar bergandik

Prezident Shavkat Mirziyoyevning qaroriga muvofiq, Islom Karimov vafot etgan 2 sentyabr sanasi Xotira kuni sifatida belgilangan. Bu kunda jamoatchilik yig‘ilib, Birinchi Prezidentni yod etish ezgu an’anaga aylangan.

Davlat rahbari bugun, 2 sentyabr kuni Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi. Birinchi Prezident haykali poyiga gulchambar qo‘yib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Qur’on tilovat qilindi.

O‘tganlarni yaxshiliklari bilan eslash – ezgu fazilat. Ajdodlar hurmatini joyiga qo‘ygan insonning o‘zi ham hurmatga loyiq.

Shavkat Mirziyoyev istiqlolning 30 yillik bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosimda Islom Karimov O‘zbekiston mustaqilligini e’lon qilib, mamlakat tarixining eng murakkab va og‘ir davrlarida davlatni boshqarganini ta’kidladi.

Ushbu xotira tadbiri ham xalqning Birinchi Prezidentga hurmati ifodasidir.

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, poytaxt jamoatchiligi vakillari ham ishtirok etdi.

Islom Karimovning Samarqand va Qarshi shaharlaridagi haykallari poyiga ham gullar qo‘yildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

233

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing