Angrenda ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqdi. Aholi evakuatsiya qilindi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 5 avgust kuni, ertalab soat 09:00 da Toshkent viloyati Angren shahrining 5/1 dahasida joylashgan to‘qqiz qavatli uyning 6-qavatida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

FVVning yong‘in-qutqaruv guruhlari voqea joyiga besh daqiqa ichida yetib borgan. Qutqaruvchilar tomonidan yong‘inni o‘chirish bilan bir vaqtda binoning yuqori qavatidagi fuqarolar evakuatsya qilingan.

Bir necha daqiqa ichida 25 nafar fuqaro xavfsiz joyga olib chiqilib, yong‘in soat 09:38 da to‘liq bartaraf etilgan.  FVV xodimlarining aniq va tezkor harakatlari natijasida jabrlanish va xalok bo‘lish xolatlariga yo‘l qo‘yilmadi. 

Yong‘in oqibatida xonadonning 50 kv.metr maydoni zararlangan. Hozirda mutaxassislar tomonidan yong‘in sababi aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in

Baholaganlar

43

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing