“Nest One”ning balandligidan boshqa qanday afzalligi bor? O‘rta Osiyodagi eng baland bino haqida nimalar bilasiz?

Biznes

Hafta davomida ishlab oilangiz uchun kam vaqt ajratishingizdan yaqinlaringiz ko‘p marta shikoyat qilgan bo‘lsa kerak. Hech bo‘lmaganda haftada bir marta ular kechki ovqatni biror restoranda tanovul qilishni yoki do‘kon va kinoteatrlarga borishni taklif qilishganida, yaqinlaringizni xafa qilmaslik uchun ham rozi bo‘lasiz. Vaholanki, siz hafta davomida ishlab, ancha toliqqansiz va dam olish kunini uydan uzoqqa ketmagan holda o‘tkazishni istashingiz tabiiy. Endi sizda bunday imkoniyat bor, desak ishonasizmi?

So‘zimizning isboti sifatida esa O‘zbekistondagi mutlaqo yangi loyiha – “NEST ONE” majmuasini havola etamiz. Balandligi jihatdan nafaqat O‘zbekistonda, balki Markaziy Osiyodagi yagona osmono‘par bino bo‘lishi kutilayotgan mazkur majmuada siz orzu qilgan barcha qulayliklar mavjud. Xususan, “NEST ONE”da kinoteatr, kutubxona, savdo markazlari, umumiy ovqatlanish shoxobchalari, mehmonxona, ofislar, sport zonalari va 4 qavatli avtomobillar turargohi o‘rin olgan.

Kecha, 7-Iyun kuni “Özgüvyen Mimarlik” qurilish kompaniyasi direktorlar kengashi raisi O‘zgur O‘nur O‘zguven va “Murad Buildings” qurilish kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Murod Nazarov OAV vakillari uchun tashkil qilingan matbuot anjumanida “NEST ONE” loyihasining o‘ziga xosliklari haqida ma’lumot berdi.

Nega “NEST ONE”? 

Mazkur inshootning nomiga to‘xtaladigan bo‘lsak, “NEST ONE” unda yashovchilar va ularning mehmonlari uchun shinamlik hamda ishonchli “uya” ma’nosini mujassamlashtirgan.

“Turar joy yoki boshqa bir bino qurilarkan, doim avtoturargoh va tirbandlik masalalari birinchi “plan”ga chiqib qoladi. Ko‘pchilik “NEST ONE” atrofida ham tirbandlik hosil bo‘ladi, deb aytyapti. Aksincha, bu kabi yirik loyihalar tirbandlikning oldini oladi. Masalan, ishga borish uchun shaharning bir joyiga, bolalarni aylantirishga olib borish uchun boshqa joyga, shuningdek, kundalik sport mashg‘ulotlari uchun yana boshqa manzilga borishga to‘g‘ri keladi. Aynan mana bu vaziyat tirbandlik hosil qiladi. “NEST ONE”da esa bolalar maydonchasi, turli to‘garaklar, sport zal, ofis va restoranlarning  hammasi bir joyda. 4 qavatli avtoturargoh aynan “NEST ONE”ga keladiganlar uchun qurilyapti. Bu kabi loyihalar O‘zbekistonga bo‘lgan ishonchni ko‘paytiradi”, deydi Nazarov.

“NEST ONE” sizga qanday imtiyozlar beradi?

“NEST ONE” majmuasi investitsiya kiritish uchun eng daromadli loyihalardan biri hisoblanadi. Loyiha mualliflari majmuaning noyob konsepsiyasidan tashqari, xaridorlar kafolatlangan daromadga ega bo‘lishlari haqida ham e’lon qilishdi. Ma’lumki, ““NEST ONE” loyihasi bo‘yicha qurilish ishlari 2019 yil Sentyabr oyida boshlangan. Loyihaning boshida ko‘chmas mulk sotib olgan xaridorlar bugungi kunga kelib 40% daromadga ega bo‘lishgan. Yangi reklama kampaniyasiga ko‘ra, “NEST ONE” majmuasidagi istalgan ko‘chmas mulkni 100% oldindan to‘lov bilan sotib olgan xaridor nafaqat 25% chegirmaga, balki agar loyihaning oxirida o‘z mulkini sotishga qaror qilsa, ko‘chmas mulk umumiy qiymatining 25% miqdorida keshbekka ham ega bo‘ladi. Ya’ni, xonadon, ofis yoki do‘kon sotib olgan investor, qurilish ishlari yakunlanganidan so‘ng ko‘chmas mulkni 25% foyda bilan qayta sotish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.  

Ushbu taklif jamoaning o‘z loyihasiga bo‘lgan to‘liq ishonchini, shuningdek, hozirgi pandemiya sharoitida mijozlarga eng qulay shartlarda kafolatlangan daromadga ega investitsiyani taklif etish istagini yana bir bor tasdiqlashi alohida ta’kidlaydi.

“NEST ONE”ni kimlar quryapti? 

OAV vakillari ishtirokida tashkil etilgan anjumandan so‘ng mezbon tashkilot rahbarlari boshchiligida qurilish obektining 32-qavatiga chiqildi. O‘zgur O‘nur O‘zguvenning aytishicha, u aynan o‘zbeklar – qardosh xalq bilan bitta loyiha ustida ishlayotganidan juda ham baxtli.

“Dunyo bo‘yicha ko‘p va katta loyihalar ustida ishladik. Turk xalqiga eng yaqin xalq – bu o‘zbeklardir. O‘zbek quruvchilari ko‘p o‘qib, izlanishadi. Ular yaxshi ishlashadi va shu sababli ham juda omadlimiz. Bilimni bo‘lishish juda ham yaxshi ish. O‘z bilim va ko‘nikmalarimizni bo‘lishishdan va o‘zbek quruvchilaridan ham o‘rganishdan juda baxtlimiz. O‘zbek quruvchilari juda ko‘p o‘rganishmoqda. Kuni kelib biz va xodimlarimiz O‘zbekistondan ketamiz, lekin yaxshi o‘zbek mutaxassislari shu yerda qoladi. O‘zbekistonda qolish, yangi loyihalar ustida ishlash niyatimiz bor. Eng muhimi hamkorligimiz davom etsin”, deydi O‘zgur O‘zguven.

O‘zguvenning aytishicha, 2018 yilda mazkur inshootning qurilishida 100 foiz turkiyalik ustalar ishlagan bo‘lsa, ayni damda mazkur ko‘rsatkich ancha o‘zgargan. Hozirda inshoot quruvchilarining 70 foizini mahalliy ustalar, 30 foizini turkiyalik mutaxassislar tashkil etmoqda. 

Butun shahar kaftdek namoyon...

Qurilish ob’ekti bilan tanishuv davomida loyiha asoschilari hozirda osmono‘par binoning balandligi 165 metrdan oshib ketgani, bu shaharning eng yuqori yashash maydoni ekanligini ta’kidladilar. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning eng baland va ko‘p funksiyali binosidagi ko‘chmas mulklarni sotish 2019 yilning 14 sentyabrida boshlangandi. “Murad Buildings” rahbari Murod Nazarovning ta’kidlashicha, binoning yuqori qavatidagi lyuks kvartiralar allaqachon sotib bo‘lingan.

Ma’lumot uchun, mazkur loyiha “Murad Buildings” hamda “Özgüvyen” qurilish kompaniyalarining hamkorligida amalga oshirilmoqda. Bo‘lg‘usi osmono‘par binoda “lyuks” klassidagi 746 ta xonadon va 300 ga yaqin ofislar qurilishi rejalashtirilgan. Quyi qavatlarda esa avtomobillar turargohi bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda. Mazkur osmono‘par bino 51 qavatdan iborat bo‘ladi. Umumiy balandlik esa 266,5 metrni tashkil etadi. Avvaliga binoning dastlabki loyihasida uning balandligi 215 metr bo‘ladi deb e’lon qilingandi. Lekin grunt tahlili va Germaniya hamda Turkiyada o‘tkazilgan bir qator simulyatsiyalardan so‘ng, bino bo‘yiga bo‘y, savlatiga savlat qo‘shildi. Qo‘shilgan bo‘y esa 51,5 metr. Qo‘rquv va xavotirga o‘rin yo‘q. Boshingiz ham aylanmasin. Bino 9 ball zilzilaga bardosh berib, tiq etmay turishi aytilmoqda. 

Yagona aloqa-markazi: +99871-200-22-88

Savdo ofisi manzili: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Olmazor ko‘chasi, 1a/1

Mo‘ljal: Lukoil Uzbekistan ofisi

Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring

Facebook’da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing 

Youtube kanalimizga a’zo bo‘ling

 

Reklama huquqi asosida

 

Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

“Murad Buildings “Özgüven” Butun shahar kaftdek namoyon.. “NEST ONE” Baland

Baholaganlar

38

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar