Putin va Si Szinpin yangi atom ob’ekti qurilishiga start berdi
Jamiyat
−
19 may 2021
7034Bugun, 19 may kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Xitoy raisi Si Szinpin videoaloqa orqali XXRda yangi atom energiya bloklari qurilishini boshlab berdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Ikki davlat rahbarlari Tyanvan va "Syuydapu" AESlarida Rossiya dizayni asosida to‘rtta yangi energiya tizimlari qurilishiga start bergan.
Rasmiy Moskva va Pekin yadro sanoatida uzoq vaqtdan beri hamkorlik qilib kelmoqda. Rossiya va Xitoy hamkorlikda Tyanvan AESning to‘rtta energiya bloki va tezkor neytronlar bilan ishlovchi ko‘rgazmali CEFR yadroviy reaktorni qurgan. Hozir esa ikki davlat
Tyanvan AES Rossiya-Xitoy iqtisodiy hamkorlikning eng yirik ob’ekti hisoblanadi. Birinchi va ikkinchi bloklar 2007 yilda, uchinchisi 2017 yilda, to‘rtinchisi 2020 yilda ishga tushirildi. Tezkor neytronlar bilan ishlovchi CFR-600 energiyabloki ustida ish olib boryapti.
Tyanvan AES – Rossiya va Xitoy iqtisodiy hamkorligining mahsuli. Stansiyaning VVER-1000 reaktori bilan jihozlangan birinchi va ikkinchi bloklari 2007 yilda, uchinchi bloki 2017 yilda, to‘rtinchisi 2020 yilda ishga tushirilgan. Hozir tomonlar yana ikkita blok qurilishiga tayyorlanmoqda. Bunda Rossiya stansiyaning “yadroviy oroli”ni loyihalashtirish va muhim uskunalarni yetkazib berish bilan shug‘ullanadi.
LiveBarchasi