Siyosiy partiyalar bir yilda qancha pul sarflagani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

2020 yilda O‘zbekistonda mavjud 5 ta siyosiy partiyaning umumiy xarajatlari 100,3 mlrd so‘mdan orttiqni tashkil qildi. Bu haqda bugun, 25 mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida aytib o‘tildi.

O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi

2020 yilda O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi eng katta byudjetga ega bo‘lgan. O‘tgan yili partiya 35 mlrd so‘m xarajat qilgan.

Shundan 29,5 mlrd so‘mi davlat byudjetidan ajratilgan, 5,5 mlrd so‘m a’zolik badallari va boshqa faoliyat turlaridan kelib tushgan .

2020 yildagi asosiy xarajat, ya’ni 32,33 mlrd so‘m partiyaning ijro apparati ta’minotiga sarflangan. 2021 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra hisob O‘zLiDep hisobida 4 mlrd 271mln so‘m bo‘lgan.

2021 yilda partiya byudjetini 49 mlrd 640 mln so‘m etib belgilangan. Bu mablag‘larning 33 mlrd so‘mi davlat byudjetidan, 12 mlrd so‘mi a’zolik badalidan yig‘ilishi rejalashtirilgan.

"Milliy tiklanish" demokratik partiyasi

2020 yil 1 yanvar holatiga MTDP hisob raqamlaridagi mablag‘ 2 mlrd 228 mln 962 800 so‘mni tashkil etgan.

2020 yilda partiya hisob raqamiga 22mlrd 276 mln 323 900 so‘m mablag‘ kelib tushgan. Xususan, partiyaning Ustav faoliyatini moliyalashtirish uchun davlat byudjetidan 20 mlrd 113 mln  494 000 so‘m ajratilgan. Partiya a’zolik badallaridan 1 mlrd 891 mln 659 100 so‘m, homiylik, xayriya va boshqalardan 271 mln so‘m mablag‘lar kelib tushgan.

2020 yil davomida partiyaning umumiy sarf-xarajati 21 mlrd 665 mln 209 800 so‘mni tashkil etdi.

Shu jumladan ijro etuvchi apparatlarning joriy harakatlariga 18 mlrd 111 mln 731 ming so‘m sarflangan. Partiyaning targ‘ibot tashviqot va ko‘rgazmali materiallarini OAVda yoritish uchun 925 mln so‘m mablag‘ sarflangan.

Partiya xodimlarining o‘quv seminar treninglariga 5 mlrd so‘m, mol-mulkni saqlash va foydalanish, kommunal va ekspluatatsiya xizmatlariga 1 mlrd 398 mln 544 ming so‘m mablag‘ sarflangan.

Boshqa xarajatlar sifatida 623 mln 756 ming so‘m sarflangan bo‘lib pandemiya sharoitida xayr va saxovatga ajratilgan mablag‘lar ham qo‘shilgan.
 
2021 yil 1 yanvar holatiga hisob raqamlaridagi qoldiq mablag‘ 2 mlrd 846 mln so‘mni tashkil etdi.

"Adolat" sotsial-demokratik partiyasi

2020 yil davomida ASDP xisob raqamiga jami 14 mlrd 206 mln 929 ming so‘m mablag‘ kelib tushgan. Shundan 13 mlrd 80 mln 13 ming so‘m partiya ustav faoliyatini moliyalashtirish uchun davlat byudjetidan ajratilgan. Partiya a’zolik badallariga 1 mlrd 27 mln pul sarflangan. Homiylik 23 mln 648 ming so‘m va boshqa tushumlar 18 mln so‘mni tashkil etdi.

2020 yilda jami 13 mlrd 821 mln 122 ming so‘m xarajat qilinib, shundan 2020 yilda jami quyidagi yo‘nalishlarga sarflangan:

Ijro etuvchi apparatga 12 mlrd 368 mln so‘m (markaziy, viloyat va tuman xodimlariga oylik maoshlarining 90 foiz)

Partiya a’zolarining OAV orqali chiqishlarini tashkil qilish uchun 365 mln 404 ming so‘m;

Mol-mulkni saqlash va u bilan bog‘liq xarajatlar, komunal xizmatlar uchun 747 mlrd 656 mln so‘m.

Xalq demokratik partiyasi

2020 yilda XDPning byudjeti 23 mlrd 842 mln so‘mni tashkil etdi. Partiyaning ustav faoliyatini moliyalashtirish uchun davlat byudjetidan 12 mlrd 291 mln so‘m ajratilgan. Partiya a’zolarining a’zolik badallaridan 4 mlrd 687 mln so‘m, tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromaddan 3 mlrd 850 mln so‘m va boshqa tushumlar yig‘ilgan.

XDPning 2020 yildagi jami xarajati 22 mlrd 999 mln so‘mni tashkil etdi.

Ekologik partiya

2020 yil 1 yanvar holatiga Ekologik partiya hisob raqamida 176 mln so‘mni tashkil qilgan. 2020 yil davomida partiyaning hisob raqamiga jami 8 mlrd 535 mln mablag‘ kelib tushgan. 8 mlrd 286 mln so‘mi davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘ hisoblanadi.

Partiyaning 2020 yildagi ustav faoliyatini amalga oshirish uchun xarajatlar 8 mlrd 332 mln so‘mni tashkil qilgan.

2020 yildagi oylik maosh xarajatlari 7 mlrd 36 mln so‘mni, xizmat sarf xarajatlari 36 mln so‘mni tashkil qilmoqda.

Shu bilan birga kommunal to‘lovlar uchun 75 mln so‘m, aylanma vositalar uchun 114 mln so‘m yo‘naltirilgan.

2021 yil 1 yanvar holatiga qoldiq mablag‘lar 380 mln so‘mni tashkil qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

ASDP

Baholaganlar

77

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing