Onkologiya markazidagi mashmasha

Jamiyat

Xabaringiz bor, ijtimoiy tarmoqlarda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy markazi Toshkent shahar filiali bir guruh bu omma orasida katta muhokamalarga sabab bo‘ldi, shu bilan birga shifokorlarga bo‘lgan ishonchning pasayishi va ularga ishonchsizlik ham keltirib chiqarmay qolmadi.

Videomurojaat e’lon qilingan kunning o‘zida Bosh prokuratura holat yuzasidan 2 fevral kuni Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy markazi Toshkent shahar filiali mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi. Jinoyat ishi Bosh prokuratura nazoratiga olindi.

QALAMPIR.UZ jamosi Toshkent shahar onkologiya markaziga borib voqeani o‘rganish, murojaat yuzasidan ma’lumotlar yig‘ishga kirishdi.

Ma’lumotlarga qaraganda 2019 yilda 11 500 nafar bemor shifoxonada davolangan ulardan 67 nafari vafot etgan. 2020 yilda pandemiya tufayli bemorlar oqimi kamayib 9 955 ta bemor markazda davolangan, ulardan 76 ta bemorda o‘lim holati kuzatilgan. Hozirgi kunda Toshkent shahar onkologiya markazida umumiy 614 nafar xodim faoliyat olib boradi, ulardan 110 tasi shifokor.

Ijtimoiy tarmoq orqali videomurojaat bilan chiqqan Alisher Mingbayev 2008 yildan buyon Potomorfologiya bo‘limi boshlig‘i sifatida faoliyat olib boradi. Mingbayev o‘z videomurojatida u bilan birga 27 nafar xodimi hozirgi vaqtda ishsiz ekanini aytgandi. Aslida shu kunga qadar Potomorfologiya bo‘limida qancha xodim ishlagani va hozirgi kunda qancha shifokor faoliyat olib borayotgani haqida Toshkent shahar onkologiya markazining kadrlar bo‘limi boshlig‘i Yelena Pavlikova mikrofon tutdik. Kadrlar bo‘limi boshlig‘i shu kunga qadar Potomorfologiya bo‘limida 27 nafar xodim faoliyat olib bormagani, hozirgi kunga qadar hech bir xodimning mehnat huquqi buzilmaganini aytib o‘tdi.

“Toshkent shahar onkologiya markazining Potomorfologiya bo‘limida 27 nafar xodim ishlamagan. Bo‘limdagi o‘zgarishlar sababli u yerda 12 ta xodim faoliyat olib borgan. Bo‘limning yopilishi oqibatida 4 kishi o‘z arizasiga binoan ishdan ketdi. 6 nafar xodim o‘z xohishi bilan Ipsum Pothologi laboratoriyasiga ishga o‘tgan. Alisher Mingbayev va u bilan birga ishlagan barcha xodimlarga bir necha marotaba Ipsum Pothologi laboratoriyasiga o‘tish taklifini berdik. Afsuski, barcha takliflarimiz rad etildi. Alisher Mingbayev biroz urishqoq odam, noroziliklari sababli bir necha marotaba murojaat qilgan. Har bir murojaatlariga javob ham berilgan. Toshkent shahar onkologiya markazi rahbariyati bir necha bor yaxshi oylik maoshi, keng imkoniyat taklif qilsa ham rozilik bermayapti. Rahbariyat va kadrlar bo‘limi tomonidan xodimning mehnat huquqlari buzilmadi negadir ularni tilini topolmayapmiz”, deydi, Toshkent shahar onkologiya markazining kadrlar bo‘limi boshlig‘i Yelena Pavlikova.

Alisher Mingbayev o‘z murojaatida Toshkent shahar onkologiya markazi direktori tomonidan turli bosimlar bo‘layotgani, G‘olib Hakimov markazda korrupsiyaga yo‘l qo‘yayotgani, shu bilan birga, davlat tomonidan berilayotgan dori vositalar bemorlarga yetib bormayotgani kabi ayblovlar e’lon qilgan edi. Voqeaga xolis yondashib Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy markazi Toshkent shahar filiali bosh shifokori, tibbiyot fanlari doktori G‘olib Hakimovga yuzlandik.

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy markazi Toshkent shahar filiali bosh shifokori G‘olib Hakimov Alisher Mingbayev uning shogirdi ekani, uni qilgan ishi hammani hayratga solganini qo‘shimcha qildi. Shu bilan birga Mingbayev tegishli organlarga 58 martta turli murojaatlar bilan xat yo‘llaganini aytdi.

“Alisher Mingbayev bugungi kunga qadar tegishli tashkilotlarga jami 58 marotaba shikoyat xatlari bilan murojaat qilgan. Biz har biriga birma-bir javob berganmiz. SSV tomonidan bir necha marotaba tekshirishlar ham o‘tkazilib, hech qanday kamchilik topilmagan. Mingbayev aytganidek o‘z xohishim bilan emas balki, 2019 yil 16 aprel kuni “Sog‘liqni saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qilingan qaror asosida Ipsum Pothologi laboratoriyasi tashkil etilgan.

Ipsum Pothologi laboratoriyasi ishi boshlanishidan avval Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari, Davolash profilaktika bo‘limi boshlig‘i, shahar Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Anvar Valiyevich, Davlat xususiy sherikchilik qo‘mitasi boshlig‘i, Sog‘liqni saqlash vazirligining moliyaviy bo‘limi rahbari ham imzo chekkan. Patomorfologiya bo‘limining faoliyatini to‘xtatish faqat men bilan bitgan ish emas. Ushbu bo‘lim tugatilishida 8 nafar boshliqlarning aralashuvi bor. Videomurojaatdagi Patomorfologiya bo‘limi meni buyrug‘im bilan yopildi degan gaplar bu – bo‘hton” deydi, G‘olib Hakimov.


Toshkent shahar onkologiya markazi direktori so‘zida davom etarkan, Mingbayevning avvalgi shikoyatlari sababli bir necha bor tekshiruv o‘tkazilgani, eng so‘ngi tekshiruv esa yanvar oyida Sog‘liqni saqlash vaziri buyrug‘i bilan 18 ta nazoratchi bilan o‘tkazilganini aytdi.

“18 ta nazoratchi kelib tekshirdi lekin ular birorta xatolik topilganini aytmadi. Ulardan ko‘p marotaba ish faoliyatimizni tekshirib xulosasini xodimlarga bildirishlarini iltimos qilsak ham, xodimlar shikoyat qilganlarga lom-mim deyishmadi. Murojaat yuzasidan tekshiruv o‘tkazilgan bo‘lishiga qaramay, ortiqcha e’tirozlar bo‘lmadi, balki faqat xatolik qidirishga harakat qilishdi. Qolaversa, videomurojaatda bemorlarning navbat kutgani va ularga pulli asosda xizmat qilingani aytilgan. Hozirgi kunga qadar Toshkent shahar hududida istiqomat qiluvchi va ro‘yxatda turuvchi fuqarolarga bepul xizmat ko‘rsatilgan. Bemorlarga va xodimlarga markazda keng sharoitlar yaratilgan. Bemorlar hech qachon navbat kutib qolishmagan, agar shunday bo‘lganida bizga shikoyat xatlari tushgan bo‘lar edi. Shu kunga qadar hech qanday murojaat kelib tushmagan. Aytib o‘tish zarur bemorlar faqatgina nur terapiyaga navbat kutgan bo‘lishlari mumkin”, deydi bosh shifokor


G‘olib Hakimov ijtimoiy tarmoqlardagi turli gap so‘zlar shifokorlar kayfiyati, xotirjamligiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmasligini aytarkan, muhokama bo‘layotgan yana bir mavzuga alohida e’tibor qaratishni so‘radi. Toshkent shahar onkologiya markazida o‘lim ko‘rsatkichlari yuqoriligi haqida ko‘p gap-so‘zlar bo‘layotgani, bemorlar o‘limi bilan bog‘liq holat boshqa onkologiya markazlaridan yuqori ekanining asosiy sababini aytib o‘tdi. Unga ko‘ra, Toshkent shahar onkologiya markazida Palliativ bo‘lim mavjud ekanini aytdi. Palliativ bo‘lim onkologiya bilan og‘rigan va kasallikning 4-boqichini o‘tkazayotgan, hattoki vafot etishiga oz fursat qolgan og‘ir ahvoldagi bemorlarni ham qabul qiladi. Shu sababdan o‘lim ko‘rsatkichlari yuqori.

Shu bilan birga videomurojaatda bemorlar kasalligini aniqlash va ular bilan o‘tkaziladigan tahlillar aslida bepul bo‘lishi kerakligi, lekin hozirgi kunda Ipsum Pothologi laboratoriyasi tomonidan turli narx belgilanib, bemorlardan pl olinayotgani, shu bilan birga Toshkent shahar onkologiya markazining Patomorfologiya bo‘limi markaz direktori G‘olib Hakimov istaklariga binoan yopilgani haqida aytilgan edi. Hozirgi kunga qadar faoliyat olib borayotgan Ipsum Pothologi laboratoriyasi bosh shifokori va asoschisi Gulrux Botiraliyeva esa videomurojaatdagi ushbu iddaolarga o‘z e’tirozini bildirdi.

Bosh shifokorning so‘zlariga ko‘ra Ipsum Pothologi laboratoriyasi tashkil etilishidan oldin biznes reja bilan Sog‘liqni saqlash vazirligiga murojaat qilingan, rejalar konsepsiyalarni SSV, Moliya vazirligi, Davlat xususiy sheriklik agentligi 2 yil davomida o‘rganib chiqqan. Ipsum Pothologi O‘zbekiston Prezidentining 2017 yil 1 apreldagi “Sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2863-sonli qarori asosida tashkil etilgan. 2018 yildan boshlab 2020 yil avgust oyiga qadar Davlat xususiy sherikchilik bitimi tuzishga harakat qilingan.

“Xususiy sheriklik asosida ochiladigan laboratoriyaning tashkil etilishida Davlat tomonidan Patomorfologiya bo‘limiga ketayotgan byudjet mablag‘lari tejalishi turadi. Birinchi navbatda Patomorfologiya bo‘limiga qilinadigan barcha xarajatlar tadbirkor zimmasiga o‘tadi. Shu yo‘l bilan markazda joylashgan bo‘lim qisqartiriladi. Ipsum Pothologi ochilishida SSV bilan bitim imzolangan. Aynan shu bitim asosida Toshkent shahar onkologiya markazi Patomorfologiya bo‘limi Ipsum Pothologi`ga o‘tishi belgilangan. Hozirgi kunga qadar Alisher Mingbayevga bir necha marotaba ish taklifi bilan murojaat qildik. Shaxsan o‘zim majlis o‘tkazib, Ipsum Pothologi laboratoriyasiga o‘tishlari 8-10 million oylik berishimizni aytsak ham ishga o‘tmasliklarini aytishgan”, deydi, Ipsum Pothologi laboratoriyasi bosh shifokori va asoschisi Gulrux Botiraliyeva


Toshkent shahar onkologiya markaziga kelib ijtimoiy tarmoq orqali videomurojaat qilgan patomorfologiya bo‘limi boshlig‘i Alisher Mingbayev bilan suhbatlashmay ketmadik.

Voqea yuzasidan tomonlar bildirgan fikrlarni batafsil yuqoridagi videopleyerda yoki Youtube sahifamizda tomosha qilishingiz mumkin. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

226

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing