AQSHda yog‘gan kuchli qor 21 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi 

Olam

image

AQSH janubiga yopirilgan kuchli qor bo‘roni 21 kishining hayotiga zomin bo‘ldi va millionlab oilalarni elektr energiyasiz qoldirdi. 

Xabarlarga ko‘ra, qor va sovuq tufayli Texas, Luiziana, Kentukki, Shimoliy Karolina va Missuri shtatlarida o‘lim holati qayd etilgan.

Ular yo‘l-transport hodisalarida va isinishga urinayotgan paytida uglerod oksididan zaharlanib halok bo‘lgan. 

Noqulay ob-havo tufayli Texasda bir necha bor elektr energiyasi bilan bog‘liq avariyalar qayd etilgan. Past haroratlarga o‘rganmagan shtatda elektr energiyasiga ehtiyoj tobora ortib bormoqda. 

Mahalliy aholi nafaqat elektrsiz, balki suvsiz ham qolgan. 

Texas aholisi ijtimoiy tarmoqlarda isinish uchun mebellarni yoqa boshlaganidan shikoyat qilgan. 

Shtatdagi sovuq ob-havo dam olish kunigacha davom etishi kutilmoqda. 

16 fevral holatiga ko‘ra, AQSH hududining 73 foizini qor qoplagan. 

Qor bo‘roni, hatto, Meksikaning shimoliy va markaziy qismlariga ham ta’sir qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh qor

Baholaganlar

83

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing