Farg‘onada mudhish YTHda ikki kishi halok bo‘ldi. Ulardan biri xorijlik

3-sahifa 8478
image

Kecha, 8 fevral kuni Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida Sobalt va Lada rusumli avtomobillar to‘qnashuvida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Fuqaro M.U. Cobalt rusumli avtomashinasini Yangibo‘ston mahallasi hududida boshqarib ketayotib, yo‘lning qarama-qarshi bo‘lagiga o‘tib ketib, ushbu yo‘lda harakatlanib kelayotgan haydovchi B.F. boshqaruvidagi Lada Largus bilan to‘qnashgan. 

Natijada Cobalt haydovchisi M.U. hodisa joyida vafot etgan. Lada Largus avtomashinasida bo‘lgan yo‘lovchi chet el fuqarosi K.M. tan jarohati olib shifoxonada vafot etgan.

Shuningdek, Cobalt avtomashinasidagi yo‘lovchilar A.B., K.J., Lada Largus avtomashinasi haydovchisi B.S. tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 223
Reyting: 3.1
Teglar
t
×