Prezidentning qarshisida she’r o‘qigan yigit Yozuvchilar uyushmasiga qabul qilindi

Jamiyat

image

2020 yilning 25 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston yoshlar forumida jizzaxlik talaba Sayfiddin Okanov Shavkat Mirziyoyevga o‘zi yozgan she’rni o‘qib bergandi. Shundan so‘ng, Prezident Mirziyoyev Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyidga Jizzaxga borib, iqtodorli yoshlar haqida ma’lumot to‘plash kelishni topshirgandi. 

Oradan 10 kun o‘tib, Prezidentga she’r o‘qib bergan talaba va u qatorda yana 11 nafar yoshlar O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zoligiga qabul qilindi. 

Yozuvchilar uyushmasidan xabar berishlaricha, kecha, 5 yanvar kuni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Jizzax viloyati hokimligi hamkorligida “Iqtidorli yoshlar – Yangi O‘zbekiston tayanchi” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etilgan. Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid, uyushma jamoasi, Jizzax viloyati hokimligi vakillari, ijodkorlar ishtirok etgan. 

Tadbir Jizzax shahridagi davlat va jamoat arbobi Sharof Rashidov, Hamid Olimjon va Zulfiya haykallari poyiga gul qo‘yish, ulug‘ siymolar ruhiga hurmat ko‘rsatishdan boshlangan.

Shundan so‘ng Jizzax davlat pedagogika instituti Madaniyat saroyida Sirojiddin Sayyid bilan viloyat yoshlari va yosh ijodkorlari uchrashuvi bo‘lib o‘tgan. 

Tadbirda uyushma a’zoligiga qabul qilingan 12 nafar jizzaxlik ijodkorga guvohnomalar topshirilgan. Ular orasida Yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyati bo‘limining “Sangzor mavjlari” to‘garagi rahbari Sayfiddin Okanov, Zomin tumanidagi “Zomin bulbullari” to‘garagi rahbari Abdug‘affor Shodmonqulov, Sharof Rashidov tumanidagi “Iste’dod g‘unchalari” to‘garagi rahbari Abduhalil Sattorov ham bor.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

248

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing