Golden House'dan yangi va takrorlanmas loyiha — Infinity!

Biznes

image

Golden House kompaniyasi poytaxtning qoq markazida premium toifasidagi rezidensiyada xonadonlar sotuvini bugun, 7 dekabrdan ochiq deb e’lon qiladi. 150 ming kvadrat metr maydonda O‘zbekiston shaharsozligidagi mislsiz me’morchilik ansambli.

Infinity – bu premium toifasidagi turli qavatli zamonaviy binolar bo‘lib, ular shaharning qoq markazida qad rostlamoqda. Butun majmua mayinlik, soflik va cheksizlikning timsoli sifatida xizmat qiladi, har bir bino esa cheksizlik unsurlariga muvofiq ravishda o‘z nomiga ega: yer, suv, havo, olov va ruh. Loyihaning noyobligi shundaki, u zamonaviy texnologiyalar va tabiatga yaqinlikni o‘zaro mukammal birlashtirgan. 

Loyihalashtirishda aholi uchun qulaylik tamoyili asos qilib olingan: mashinasiz hovli, ikki qavatli yerosti avtoturargohi, tijoriy hududlar, ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarining piyoda yurish masofasidagi yaqin joylashuvi, bolalar uchun jihozlangan o‘yingohlar va kattalar uchun dam olish joylari, velosiped yo‘lakchalari va boshqalar.

Bu yerda yerosti va yerusti avtoturargohiga ega yirik savdo-ko‘ngilochar markazi va riteyl hududi bo‘ladi, shu tufayli xaridlar qilish nihoyatda qulay va vaqt jihatdan samarali bo‘ladi, hozirgi tezkor zamonda bu juda muhim jihat hisoblanadi.

Loyihani ishlab chiqishda xalqaro miqyosdagi Benoy va Chapman&Taylor me’morchilik va dizaynerlik byurolari ishtirok etishdi. Loyihachilar yashash joylarini qanday qilib samarali ishlatish va xonadonlar maydonlarini imkon qadar foydali qilish borasida avvaldan puxta rejalar ishlab chiqishgan. Zamonaviy rezidensiya har qanday did uchun xonadonlarning keng turlarini taqdim etadi. Har bir qatorda bir necha turdagi tarhlar mavjud bo‘lib, har qaysi xaridor o‘zi uchun mukammal tarhni tanlab olishi va qayta loyihalash haqida o‘ylamasligi mumkin.

Xonadonlar xayflet formatida taqdim etiladi va aqlli uy opsiyasini o‘z ichiga oladi: multisptit sovitish tizimi, havo haroratini nazorat qilish datchiklari bilan isitish tizimi, butun perimetr bo‘ylab integratsiyalangan videokuzatuv va kirish-chiqish nazorati, shuningdek, kunu tun ishlaydigan konserj xizmati.

Uylarning birinchi qavatlaridan ijtimoiy infratuzilma ob’ektlari: bolalar o‘yin maydonchasi, tadbirlar uchun zal, restoran va do‘konlar joy oladi. Yirik hovli faqatgina majmua aholisi foydalana oladigan yopiq maydon bo‘ladi. Bu yerda bolalar bilan sayr qilish va velosipedda safar qilish, uy hayvonini sayrga olib chiqish va qo‘shnilar bilan suhbatlar qilish, sport bilan shug‘ullanish va daraxtlar soyasida hordiq chiqarish mumkin. Kirish yo‘laklari yaqinida velosiped egalari uchun velosiped saqlash konstruksiyalari o‘rnatiladi. Butun hudud bo‘ylab majmua aholisi va mehmonlari uchun xavfsizlikni ta’minlovchi kunu tun videokuzatuv kameralari bo‘ladi.

Majmua Yashnobod va Mirobod tumanlari kesishmasida joylashgan va tabiiylik hamda qurilishning eng zamonaviy texnologiyalarini o‘zida mujassam etgan. Piyoda yurish masofasida shahar aholisiga kerakli bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga ega deyarli barcha turdagi ob’ektlar, shuningdek ajoyib yashil hudud va Ekopark mavjud. Darvoqe, Golden House Ekoparkkacha qulay piyoda-velosiped yo‘laklarini quradi va shu bilan o‘z bo‘lajak aholisini sog‘lom turmush tarziga targ‘ib qiladi. Yaqin atrofda bir necha bolalar bog‘chalari, o‘quv markazlari, xususiy va davlat klinikalari, bank va bankomatlar, fitnes-markazlar, yirik bozorlar – poytaxtda qulay, mazmunga boy va shinam hayot uchun mutlaqo barcha narsalar mavjud.

Infinity turar joy majmusasi atrofida, shu jumladan Toshkentning eng yaxshi restoran va kafelari, eksklyuziv butiklari, xorijiy davlatlarning elchixona konsulliklari, O‘zbekistonning yetakchi oliy ta’lim muassasalari va ta’lim maskanlari, fitnes-klublar va sport markazlari joylashgan, bu esa shu hududning hurmatga sazovorligi va yuqori maqomidan dalolat qiladi.

Shaharning qoq markazidan, mislsiz va yagona Infinity loyihasidan orzungizdagi xonadonni hoziroq xarid qiling. Yangi yilga ega Golden House mijozlar va ularning yaqinlariga hayotdagi eng esda qolarli sovg‘a ulashish – Infinity'dan premium toifasidagi xonadon xarid qilish imkoniyatini taqdim etdi.

Golden House markaziy savdo ofisi: Mirzo Ulug‘beks tumani, Osiyo ko‘chasi, 3-uy.

Mo‘ljal: Irrigatsiya instituti, "Novomoskovskaya" TJM.

Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring

Call-markaz: (+998) 78-150−11−11.

Facebook’da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing 

Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling 

Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling

Reklama huquqi asosida 

 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Golden house Infinity

Baholaganlar

21

Reyting

4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing