Mudofaa vazirligi aholini vahima ko‘tarmaslikka chaqirdi
Jamiyat
−
07 aprel 2020
10054Poytaxt Toshkent shahrida karantin va qator cheklovlar joriy etilgach, fuqarolarni qoidalarga amal qilishlari bo‘yicha harbiy texnikalar yordamida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Ushbu texnikalar odamlar orasida turli xavotirli gaplar, shu bilan birga, vahima paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgani sir emas. Xo‘sh, karantin vaqtida harbiy texnikalardan foydalanishdan maqsad nima?
“Mazkur ishlarga jalb etilgan BRDM-2 zirhli texnika bazasidagi ZS-82 ovoz uzatkichli moslama aynan targ‘ibot va munozaralar o‘tkazishga mo‘ljallangan”, dedi Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Bahrom Zulfiqorov.
Ta’kidlanishicha, uning ovoz uzatish quvvati 6 km masofagacha yetadi. Shahar va aholi yashash punktlarida har bir ko‘chaga kirib-chiqish kabi ishlarni yengillashtirish maqsadida ushbu texnikalar jalb qilingan.
“Aholi o‘rtasida vahima va sarosima gaplar tarqalishiga aslo yo‘l qo‘ymaslik lozim. Shunday ekan, ko‘chalarda milliy armiyaning harbiy texikalari va harbiy xizmatchilarining harakatlanishini turli xil muhokamalarga va vahimalarga yo‘yish o‘rinsiz”, dedi u AOKA shtabida o‘tkazilgan brifingda.
LiveBarchasi