Hindistonda 20 dan ziyod kishini chaqmoq urib o‘ldirdi
Olam
−
25 iyun 2020 11580 1 daqiqa
Bugun, 25 iyun kuni Hindistonning Bixar shtatida kuchli momaqaldiroq paytida kamida 22 kishini chaqmoq urib o‘ldirdi. Bu haqda ANI agentligi xabar bermoqda.
Mahalliy favqulodda vaziyatlar agentligining ma’lum qilishicha, halok bo‘lganlar orasida ayollar hamda bolalar ham bor.
Hindiston Meteorologik byurosining ma’lumotlariga ko‘ra, yaqin uch kun ichida Assam, Arunachal-Pradesh, Bixar, Megxalaya, Sikkim va G‘arbiy Bengaliya shtatlarida kuchli yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Bundan tashqari, ushbu hududlarda suv toshqini ham mumkin.
Bixar shtati rasmiylari mahalliy hokimiyat va aholini ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirdi.
Avvalroq, Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatidagi Karkarali tumanida chaqmoq urishi natijasida 69 ta ot halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025