Noqulay ob-havo sabab imtihon kunlari o‘zgartirilishi mumkin

Jamiyat

image

Avval xabar berganimizdek, bugundan respublika miqyosida oliy ta’lim muassasalarilarga kirish imtihonlari boshlandi. 
Ilk bor imtihonlar bino ichida emas, ochiq joyda o‘tkazilyapti. Shu sababdan ob-havo injiqliklari test sinovlarining borishiga ta’sir qilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 3-son majlisi bayoni qaroriga ko‘ra, imtihonlar davrida ob-havoning noqulayliklari kuzatilsa, test sinovlaring kuni o‘zgartirilidigan bo‘ldi. Test kunlarini o‘zgartirish huquqi Davlat test markaziga berildi.

Unga ko‘ra, Davlat test markaziga test sinovlari o‘tkaziladigan kunlarda noqulay ob-havo sharoiti kutilgan hududlardagi test sinovlarini o‘tkazish vaqti va kunini O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi bilan kelishgan holda o‘zgartirish huquqi berildi.

Shuningdek, Davlat test markazi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda oliy ta’lim muassasalari rektorlari bilan birgalikda noqulay ob-havo sharoiti kutilgan hududlarda test sinovlarini o‘tkazish vaqti va kuni o‘zgartirilganda, abituriyentlarga test sinovini o‘tkazish vaqti va kuni haqida operativ tarzda xabar yetkazilishini ta’minlaydi.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

ob-havo imtihon DTM

Baholaganlar

85

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing