Hafta davomida ob-havo qanday bo‘lishi aytildi
Bu qiziq
−
11:47 696 2 daqiqa
O‘zgidromet hafta davomida kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, bugun 12 oktyabr kuni O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati asosan 18-21 daraja, shimolda va janubda 23-26 daraja bo‘ladi.
Ertaga 13 oktyabr kuni Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida, shuningdek kechasi va ertalab Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi saqlanib turadi. Joriy yilning 14-16 oktyabr kunlari respublikaning barcha hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzgi harorat 22-25 daraja, janubda 27-30 daraja bo‘ladi.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 12-13 oktyabrda kuchli bo‘lishi mumkin. Baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi. 12 oktyabr kuni tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkentda bugun kunduzi vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Harorat 19-21 daraja bo‘ladi. 13-16 oktyabr kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari 12-15 daraja, kunduz kunlari 22-25 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13-14 oktyabr kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi