Rossiyalik teleboshlovchi Ginness rekordlari kitobiga kiritildi
Madaniyat-san’at
−
21 Oktabr 2019
10468Rossiyalik teleboshlovchi Vladimir Solovyov Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Genniss rekordlari tashkiloti rasmiy veb-saytida ta’kidlanishicha, jurnalist bir hafta efirda eng uzoq vaqt qolish haqidagi rekordni yangiladi.
E’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, shu yilning 18 martidan 24 martigacha Solovyov ishtirokidagi videoroliklar televizor orqali 25 soatu 53 daqiqa 57 soniyada namoyish etildi.
To‘rt soatdan ko‘proq vaqt davomida rus teleboshlovchisi yaponiyalik Monta Minoning rekordini yangiladi.
Ma’lumot uchun, Vladimir Solovyov 1963 yilda Moskvada tug‘ilgan. 1990 yilda iqtisod fanlari nomzodi bo‘lgan.
LiveBarchasi