AQSHda koronavirusga qarshi vaksina sinovdan o‘tkazilmoqda
Jamiyat
−
18 mart 2020
9486Sietldagi Milliy allergiya va yuqumli kasalliklar instituti ko‘ngillilarda yangi koronavirus vaksinasini sinovdan o‘tkazishni boshladi. Bu haqda AiF xabar bermoqda.
Sinov jarayonida 45 kishi ishtirok etadi. Ularning har biriga 28 kunlik ikki martalik vaksina yuboriladi.
Vaksina Milliy institut tomonidan Massachusets shtatidagi Moderna biotexnologiya kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.
Virus infeksiyasining oldini olish uchun hozirda tasdiqlangan vaksinalar mavjud emas, ammo amerikalik olimlar SARS sindromi va MERS kabi koronaviruslarining dastlabki tadqiqotlari tufayli mRNA-1273 ni ishlab chiqishga muvaffaq bo‘ldi.
Olimlar koronavirusning yangi turiga qarshi xavfsiz vaksina bemor aholi orasida o‘limning oldini oladi va og‘ir holatlar sonini kamaytiradi, deb umid qilmoqda.
Koronavirus dorilari hozirda butun dunyo bo‘ylab ishlab chiqarilmoqda.
LiveBarchasi