Ingliz olimlari mashhur Damashq po‘latining Vatani O‘zbekiston ekanini aytdi

Jamiyat

image

Buyuk Britaniya poytaxti London shahridagi mashhur Travellers Club klubida “Yangi O‘zbekiston: bebaho madaniy tashabbuslar” mavzuida media-ivent o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston madaniy merosini tadqiq etayotgan bir guruh britaniyalik olimlar va mutaxassislar taklif etildi.

Tadbirda bir qator qiziqarli ma’ruzalar taqdim qilindi. Xususan, London universiteti kolleji Arxeologiya instituti ekspertlar guruhi o‘z taqdimotida Sharqda dovrug‘ taratgan Damashq po‘lati bugungi O‘zbekiston hududidan qazib olingan temir rudalaridan ishlanganini ma’lum qilishdi. Doktor Milyana Radzyavovich boshchiligidagi olimlar guruhi bir paytlar O‘zbekiston hududidan konlardan qazib olingan ruda namunalari, qimmatli tog‘ jinslari va xomashyo mahsulotlarini tekshiruvdan o‘tkazib ana shunday qarorga keldi.

Shuningdek, Farg‘ona vodiysida Axsikent hududidan tigel po‘latini qazib olish va ishlab chiqarish ko‘lamini o‘rganish uchun keng qamrovli tadqiqotlar yo‘naltirilgan.

Milyana Radzyavovichning aytishicha, IX asrdan boshlab, Markaziy Osiyoda, xususan, bugungi O‘zbekiston, Turkmaniston va Hindiston hududlarida bir qator po‘latni qayta ishlash markazlari faoliyat ko‘rsatgan.

“Muttasil savdo aloqalari va mahsulot ayirboshlash orqali ilk islom madaniyati davrida Markaziy Osiyoda ishlangan po‘lat Damashqqacha kirib borgan. Ushbu xomashyodan damashqlik ustalar dunyoga mashhur qilich va shamshirlarni yasashgan” deydi Radzyavovich.

Mazkur tadbir O‘zbekiston hukumati, O‘zbekistonning Buyuk Britaniya va Shimoli Irlandiyadagi elchixonasi ko‘magida, O‘zbekiston madaniy merosini asrash, o‘rganish va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati, O‘zEOAVMA, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va neft xizmatlarini ko‘rsatuvchi xalqaro “Eriell Group” kompaniyasi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Buyuk Britaniya

Baholaganlar

60

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing