3 yoshli bola traktor tirkamasi tagida qolib vafot etdi
Jamiyat
−
18 May 2020 15131 1 daqiqa
Kecha, 17 may kuni soat 09:10 larda Farg‘ona viloyati, Qo‘shtepa tumani, “O‘qchi mahallasi ichki yo‘lida 3 yoshli bolaning o‘limi bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda YHXBB Matbuot xizmati xabar berdi.
Haydovchi 1979 yil tug‘ilgan X.B. “TTZ-80” rusumli traktorni boshqarib ketayotib, Kumariq ko‘chasi, 89-uy yonida qarovsiz qoldirilgan, voyaga yetmagan piyoda 2017 y.t. M.N.ni tirkamaning orqa chap baloni bilan bosib ketgan.
Natijada, piyoda voyaga yetmagan 3 yoshli M.N. (o‘g‘il bola) voqea joyida vafot etgan.
Mazkur YTH yuzasidan Qo‘shtepa tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Live
BarchasiJizzaxda 10 yoshli qiz zo‘rlandi
06 Oktyabr
Sergelidagi masjidga o‘t ketdi
03 Oktyabr