Qiyin kunlarda haqiqiy do‘stlarimiz kim ekani ayon bo‘ldi – Vengriya O‘zbekistonga minnatdorlik bildirdi
Olam
−
28 mart 2020 16428 1 daqiqa
Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri Peter Siyyarto O‘zbekiston Vengriyaga koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda yordam ko‘rsatish doirasida 150 mingta yuz niqob taqdim etgani uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar bermoqda.
"Himoya qiluvchi tibbiy asbob-uskunalarni sotib olish uchun Vengriya Turk Kengashiga murojaat qildi va biz ikki mamlakat - Turkiya va O‘zbekistondan yordam oldik. Qiyin kunlarda bizning haqiqiy do‘stlarimiz kim ekani ayon bo‘ldi!", deb yozgan vazir o‘zining Facebook’dagi rasmiy sahifasida.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiya himoya niqoblari ishlab chiqarish uchun Vengriyaga 8 tonna to‘qimachilik mahsuloti jo‘natgan.
Vengriya TIV rahbari ko‘rsatilgan yordam uchun O‘zbekiston va Turkiyaga minnatdorlik bildirgan. "Qiyin kunlarda haqiqiy do‘stlarimiz kim ekani ayon bo‘ldi!" - deb yozgan Peter Siyarto.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Vengriyada koronavirusga 300 nafar odam chalindi. 34 bemor shifo topgan bo‘lsa, 10 kishi vafot etdi.
Live
BarchasiPutin Imomali Rahmonga ta’ziya bildirdi.
22 dekabr