Ayrim dorilarni retseptsiz sotganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilandi

Jamiyat

image

Kuchli ta’sir etuvchi dori vositalarini retseptsiz sotganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilandi. Tegishli norma “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun bilan jinoyat kodesiga kiritildi.

Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks hamda Jinoyat kodeksining sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalari aylanishi bilan bog‘lik noqonuniy harakatlar uchun javobgarlik ko‘rsatilgan moddalariga tegishli qo‘shimchalar kiritildi. 

Xususan, Jinoyat kodeksining 186³-moddasiga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzganlik uchun alohida javobgarlik belgilanib, ushbu harakatni ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etganlik uchun aybdor 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Mazkur o‘zgartirishlar Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach amalga kiritiladi.


Maqola muallifi

Teglar

dori

Baholaganlar

110

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing