Singapur raqobatbardoshlikda AQSHni quvib o‘tdi. O‘zbekiston esa...
Olam
−
10 Oktabr 2019
9058Singapur AQSHni ortda qoldirib, dunyoning eng raqobatbardosh iqtsodiyotiga ega davlatga aylandi. Bu haqda Butundunyo iqtisodiy forumi e’lon qilgan dunyoning raqobatbardoshlik indeksida ko‘rsatilgan.
Singapur 100 balldan 84,8 ball, Qo‘shma Shtatlar 83,7 ball to‘plagan. Gonkong uchinchi o‘ringa ko‘tarilib olgan, to‘rtinchi o‘rin Niderlandiya egallagan. Shveysariya bir pog‘ona pastlab, beshinchi o‘ringa tushgan. Dastlabki o‘ntalikka, shuningdek, Yaponiya, Germaniya, Shvetsiya. Buyuk Britaniya va Daniya kirgan.
Tahlilchilar AQSH umumiy hisobda Singapurga yengilgan bo‘lsa-da dunyoning innovatsiya markazi, biznes harakatchanligi, malakali kadrlar qidiruvi bo‘yicha birinchi o‘rinni saqlab qolgan.
Indeks raqobatbardoshlik va boshqa ikki jihat – ijtimoiy hamjihatlik va ekologik barqarorlikni hisobga olgan holda tuziladi.
Indeksga jami 141 mamlakat kiritilgan. Markaziy Osiyo davlatlaridan – Qozog‘iston 55-o‘rin, Qirg‘iziston 96-o‘rin va Tojikiston 104-o‘rinni egallagan. O‘zbekiston Hukumatning ushbu indeksga qo‘shilish uchun olib borilayotgan harakatlariga qaramay ro‘yxatdan joy ololmagan.
LiveBarchasi