Rossiyada o‘zbekistonlik o‘ldirildi. Qotil begona emas
Olam
−
14 Oktabr 2019
7308Joriy yilning 11 oktyabr kuni Rossiyaning Kalinin tumanida O‘zbekiston fuqarosi o‘zaro janjal oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lum qildi.
O‘zbekiston fuqarosi Sh.I.ning o‘limida uning jiyani F.K. gumon qilinyapti. Hozirda u hibsga olingan va unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Bosh konsullik ushbu vaziyatni nazoratga olib, tergov organlariga hodisa haqida qo‘shimcha ma’lumot so‘rab murojaat qildi.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildirib, Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi (Arxangelsk viloyati, Kaliningrad viloyati, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad viloyati, Murmansk viloyati, Nenets avtonom okrugi, Novgorod viloyati, Pskov viloyati, Sankt-Peterburg shahri, Vologoda viloyati) hududida bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarni zarur vaziyatlarda O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tdi:+7-965-029-41-49.
LiveBarchasi