Hujumlar javobsiz qolmaydi – Qatar TIV

Olam

image

Eron allaqochon qizil chiziqlarni kesib o‘tdi. Bu haqda Qatar Tashqi ishlar vazirligi vakili Majid al-Ansori Eron hujumlari yuzasidan o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron zarbalari nafaqat harbiy ob’ektlarga, balki Qatar hududining turli qismlariga yo‘naltirilgan. Jumladan, Doha aeroporti va gaz ob’ektlari ham hujumga uchragan. Shuningdek, Qatar 2 mart kuni mamlakat havo hududiga bostirib kirgan ikkita Eron qiruvchi samolyotini urib tushirganini bildirgan.

“Suverenitetimizga tajovuzlar muntazam ravishda sodir bo‘lmoqda. Infratuzilma va turar joy hududlariga zarbalar berilmoqda. Bu hujumlarning oqibatlari yaqqol ko‘rinib turibdi. Mumkin bo‘lgan javob choralari masalasiga kelsak, rahbariyatimiz barcha variantlarni ko‘rib chiqmoqda. Ammo biz aniq bayon qilamiz: bunday hujumlar javobsiz qolmaydi va qolishi ham mumkin emas”, degan Majid al-Ansori.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qatar poytaxti Doha shahrida kamida beshta kuchli portlash ovozi yangragandi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Qatar hujum Majid al-Ansori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing