Husiylar Qizil dengizda AQSH tankeriga hujum qildi

Olam

image

Yaman husiylari Qizil dengizda AQSHga tegishli ekanini aniqlagan Mado suyultirilgan gaz tankeriga hujum qildi. Bu haqda harakatning harbiy vakili Yahyo Sariya ma’lum qildi.

“Yaman harbiy-dengiz kuchlari Qizil dengizda Amerikaning Mado kemasini nishonga olgan bir nechta kemaga qarshi raketalar yordamida operatsiya o‘tkazdi”, deydi Sariya.

Harakat vakili husiylar Isroil janubida joylashgan Eylat shahriga qanotli raketalar bilan hujum qilganini aytdi. Isroil mudofaa kuchlari esa 18 mart kuni Eylat shimolidagi odam yashamaydigan hududga “shubhali havo nishoni” qulaganini ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, G‘azo sektoridagi mojaro avj olganidan so‘ng, husiylar Isroilni o‘qqa tutishi va Falastin anklavidagi operatsiya to‘xtatilgunga qadar unga aloqador kemalarning Qizil dengiz va Bob al-Mandeb bo‘g‘ozi suvlari orqali o‘tishiga ruxsat bermasligi haqida ogohlantirdi. O‘tgan yilning noyabr oyidan beri husiylar Qizil dengiz va Adan ko‘rfazida o‘nlab tinch aholi kemalariga hujum qilgan. 14 mart kuni harakat yetakchisi Abdul Malik al-Husiy uning tarafdorlari Hind okeani orqali Yaxshi Umid burnigacha ketayotgan Isroil bilan bog‘liq kemalarga hujum qilish niyatida ekanini aytdi.

Husiylarning harakatlariga javoban Amerika rasmiylari Qizil dengizda navigatsiya erkinligini ta’minlash va kemalarni himoya qilish uchun xalqaro koalitsiya tuzilgani va Prosperity Guardian operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi. Keyinchalik Buyuk Britaniya va Qo‘shma Shtatlar Qurolli kuchlari Yamanning turli viloyatlaridagi husiylarning harbiy nishonlariga muntazam zarba bera boshladi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Yaman husiylar Qizil dengiz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing