Husiylar Isroilning ikkita shahriga hujum qildi
Olam
−
13 iyun
7787Yamandagi husiylar "Iroq islomiy qarshilik" harakati bilan Isroilning Ashdod va Hayfa shaharlaridagi nishonlarga ikkinchi qo‘shma operatsiyani o‘tkazdi. Bu haqda husiylar harbiy vakili Yahyo Sariya ma’lum qildi.
"Yaman Qurolli kuchlari "Iroq islomiy qarshilik" harakati bilan birgalikda ikkita harbiy operatsiya o‘tkazdi. Birinchi operatsiya Ashdod shahridagi muhim nishonga qanotli raketalar yordamida hujum uyushtirishni o‘z ichiga oldi. Ikkinchi operatsiya natijasida shahardagi muhim nishonga hujum uyushtirildi. Hayfada bir nechta uchuvchisiz samolyotlar qo‘llanilgan. Har ikkala operatsiya ham muvaffaqiyatli o‘tkazildi”, deydi harakat vakili husiylarga tegishli "Al Masirah" telekanalida.
6 iyun kuni husiylar birinchi marta o‘z nomi sifatida “Iroq islomiy qarshilik” atamasini ishlatadigan guruh bilan birgalikda Isroil nishonlariga hujum uyushtirgani haqida xabar berdi. Ushbu operatsiya davomida Isroilning Hayfa portiga harbiy texnika yetkazib bergan kemaga zarba berilgan.
Ma’lumot uchun, G‘azo sektoridagi mojaro avj olganidan so‘ng, husiylar Isroilni o‘qqa tutishi va unga aloqador kemalarning Qizil dengiz va Bob al-Mandeb bo‘g‘ozi suvlari orqali o‘tishiga Falastin anklavidagi operatsiya to‘xtamaguncha ruxsat bermasligi haqida ogohlantirgan. O‘tgan yilning noyabr oyidan beri husiylar Qizil dengiz va Adan ko‘rfazida o‘nlab tinch aholi kemalariga hujum qilgan. Husiylarning harakatlariga javoban Amerika rasmiylari Qizil dengizda navigatsiya erkinligini ta’minlash va kemalarni himoya qilish uchun xalqaro koalitsiya tuzilgani va "Prosperity Guardian" operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi. Keyinchalik Buyuk Britaniya va AQSH Qurolli kuchlari Yamanning turli viloyatlaridagi husiylarning harbiy nishonlariga muntazam zarba bera boshladi.
LiveBarchasi