Husiylar Isroildagi shaharga hujum qildi
Olam
−
23 fevral
9830Yamandagi husiylar Isroil janubidagi Eylat shahriga, Qizil dengizdagi AQSH kemasiga va Adan ko‘rfazida Britaniya kemasiga zarba berdi. Bu haqda harakatning harbiy matbuot kotibi Yahyo Sariya X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
Uning aniqlik kiritishicha, zarbalar kemaga qarshi raketalar va uchuvchisiz samolyotlar tomonidan berilgan.
Isroil armiyasi esa Qizil dengizdan kelayotgan havo "nishon"i Eylat shahriga kirishdan oldin havoda yo‘q qilinganini xabar qildi. Armiya nishonning hech qanday tahdid solmasligini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq husiylar Adan ko‘rfazida Amerikaning ikkita kemasiga hujum qilganini e’lon qilgandi.
Madina Otaboyeva
LiveBarchasi