Husiylar birinchi marta Eronga ketayotgan kemaga hujum qildi – CNN

Olam

image

Yamandagi husiylar Eron portiga yo‘l olgan Star Iris yuk kemasiga raketa zarbalari berdi. Bu haqda AQSH Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) ga tayanib, CNN xabar berdi. 

Kema ozgina shikastlangan, biroq ekipaj a’zolaridan hech biri jabrlanmagan. Yuk kemasi Braziliyadan Eronning Bandar Xomeyni shahriga ketayotgan edi. 

"Aftidan, Eronning beqarorlashtiruvchi faoliyati o‘z fuqarolarining oziq-ovqat xavfsizligini xavf ostiga qo‘ygan", deyiladi CENTCOM xabarida.

Ma’lumot uchun, Star Iris Gretsiyaning Star Bulk Carriers kompaniyasiga tegishli bo‘lib, u qisman AQSH tomonidan nazorat qilishi aytiladi. Kema Amerika Qo‘shma Shtatlarining sanksiyalariga duchor bo‘lmagan, chunki u istisno ostidagi oziq-ovqat mahsulotlarini tashigan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron Yaman husiylar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing