Husiylar AQSH-Britaniyaning hujumi ularni to‘xtata olmasligini aytib chiqdi
Olam
−
12 yanvar
6472Yamandagi husiylar AQSH va Britaniyaning zarbasiga qaramay, Qizil dengizdagi Isroil bilan bog‘liq fuqarolik kemalariga hujum qilishda davom etadi. Bu haqda harakatning rasmiy vakili Muhammad Abdulsalom ma’lum qildi.
“Biz yana bir bor ta’kidlaymizki, Yamanga qarshi tajovuzni oqlab bo‘lmaydi, chunki Qizil va Arab dengizlarida xalqaro yuk tashish tahdid ostida emas edi. Biz Isroilning bosib olingan Falastin portlariga yo‘l olgan kemalariga hujum qildik va bunda davom etamiz”, deb yozadi u X’dagi sahifasida.
Husiy rahbariyatining aytishicha, AQSH va Britaniya qo‘shinlarining Yamanga hujumi G‘arbning G‘azodagi vaziyatdan e’tiborni chalg‘itishga urinishdir.
Ularga ko‘ra, Vashington va London Isroil armiyasi tomonidan G‘azoning tinch aholisiga nisbatan genotsid sodir etilgani faktini yashirmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 12 yanvarga o‘tar kechasi AQSH va Britaniya kuchlari samolyotlar, kemalar va suvosti kemalari yordamida Yamanning Sana, Saada, Hodeyda, Taiz va Damar kabi bir qancha shaharlarida husiylarning nishonlariga zarba bergandi. AQSH Prezidenti Jo Baydenning aytishicha, Yamandagi zarba Qizil dengizdagi “misli ko‘rilmagan husiy hujumlari”ga javob bo‘lgan va mudofaa xarakteriga ega. Amerika ma’muriyati raketalar, uchuvchisiz havo vositalari va husiy radar stansiyalari joylashgan joylarga hujum qilinganini bildirmoqda.
LiveBarchasi