Husanovning “Tottenxem”ga qarshi o‘yini qanday baholandi?
Sport
−
27 fevral 2025 15783 1 daqiqa
O‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov “Manchester Siti”ning “Tottenxem”ga qarshi bahsida “Sofascore” tomonidan 7 ballga loyiq ko‘rildi.
Mazkur o‘yinda eng yuqori ballni “shaharliklar” darvozaboni Ederson oldi va u 8.4 ballga loyiq ko‘rildi. Eng past bahoni o‘yindagi yagona gol muallifi bo‘lgan bo‘lsa ham Erling Xoland oldi va u 6.6 ballga baholandi.
Qayd etish joiz, Husanov ketma-ket uchinchi o‘yindirki, asosiy tarkibda maydonga tushdi va unga to‘liq 90 daqiqa harakat qilishga imkon berildi.
Eslatib o‘tamiz, 27 fevralga o‘tar kechasi APL 27-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuvda “Manchester Siti” Londonda “Tottenxem” mehmoni bo‘ldi va minimal 1:0 hisobda g‘alaba qozondi. Ushbu bahsda o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov “shaharliklar” safida asosiy tarkibda maydonga tushdi va to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025