Husanovning “Nottingem”ga qarshi o‘yini qanday baholandi?
Sport
−
05 mart 12490 1 daqiqa
Kecha, 4 mart kuni Angliya Premer-ligasining 29-turi doirasida “Manchester Citi” o‘z maydonida “Nottingem Forest” bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Ushbu uchrashuvda o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov 77-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.
Uchrashuvning 31-daqiqasida mezbonlar safida Antuan Semeno hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limning 56-daqiqasida “Nottingem” yarim himoyachisi Morgan Gibbs-Uayt hisobni tenglashtirdi. Oradan ko‘p o‘tmay, 62-daqiqada Rodri mezbonlarni yana oldinga olib chiqdi.
76-daqiqada esa Elliot Anderson gol urib, hisobni yana tenglashtirdi. Shundan so‘ng “Manchester Citi” bosh murabbiyi chap qanot himoyachisi Rayan Ait-Nurini almashtirib, uning o‘rniga Abduqodir Husanovni maydonga tushirdi. Qolgan daqiqalarda hisob o‘zgarmadi.
“SofaScore” portali ma’lumotlariga ko‘ra, 13 daqiqa harakat qilgan Husanovning o‘yini 6,7 ball bilan baholandi. U maydonda bo‘lgan vaqtida 9 ta uzatmadan 8 tasini aniq amalga oshirdi.
Ma’lumot uchun, ayni paytda APL turnir jadvalida 67 ochko bilan “Arsenal” peshqadam bo‘lib turibdi. Ikkinchi o‘rinda esa 60 ochko bilan “Manchester Citi” joylashgan.
Live
Barchasi“Qo‘qon patiri” patentlandi
15 iyul