Husanovning “Manchetser Siti”dagi maoshining miqdori ma’lum bo‘ldi
Sport
−
23 Yanvar 2025 52649 1 daqiqa
“Manchester Siti” futbolchisiga aylangan o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanovning maoshi yiliga 3.5 million yevroni tashkil etadi. Bu xaqda “City News Wall” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 20 yoshli Husanovning yillik maoshi 3.5 million yevro hisoblanadi. Kuniga 9.5 ming yevro, ya’ni 129 million so‘m. Haftasiga 67 ming yevro, ya’ni 913 million so‘m. Oyiga 290 ming yevro, ya’ni 3 milliard 955 million so‘m miqdorida maosh olishi belgilandi.
Ma’lumot o‘rnida, Abduqodir Husanov “Lans”dan “Manchester Siti”ga bonuslari bilan 50 million yevroga ko‘chib o‘tgandi. U yangi jamoasida 45-raqam ostida to‘p suradi.
Eslatib o‘tamiz, 20 yanvar kuni “Manchester Siti” o‘zbekistonlik himoyachini o‘z futbolchisi sifatida tanishtirgandi.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr