Husanovning “Kristal Pelas”ga qarshi o‘yini qanday baholandi?
Sport
−
10:36 987 2 daqiqa
Kecha, 28 avgust kuni Angliya Premer-ligasi ikkinchi turidan o‘rin olgan bahsda “Manchester Siti” mehmonda “Kristal Pelas” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi. Bahsda o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov deyarli to‘liq o‘yin o‘tkazdi.
Uchrashuvning 17-daqiqasida Erling Holand tezkor hujumni gol bilan yakunladi.
Ikkinchi bo‘limda “Manchester Siti” ustunligini yanada oshirdi. 54-daqiqada Rayan Sherki raqib darvozasini ishg‘ol etdi. Oradan 2 daqiqa o‘tib Janluiji Donnarumma to‘pni o‘z darvozasiga kiritib qo‘ydi.
Shundan so‘ng, uchrashuvning 59-daqiqasida Sherki yana bir bor aniq zarba yo‘llab, dubl rasmiylashtirdi. Uchrashuvdagi so‘nggi golni esa 84-daqiqada Holand kiritdi. Abduqodir Husanov uchrashuvning 89-daqiqasida zaxiraga olindi.
Shu tariqa “Manchester Siti” mavsumning dastlabki ikki turidan so‘ng maksimal – 6 ochkoni qo‘lga kiritdi. “Kristal Pelas” esa yangi mavsumdagi ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qildi.
Mazkur bahsda o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov o‘ng qanot himoyachisi pozitsiyasida harakat qildi.
“Flashscore” portali mazkur bahsda o‘zbekistonlik himoyachining harakatlari 7,4 ballga loyiq ko‘rdi. Jamoadan eng yaxshi ballni esa Sherki oldi portal fransiyalik futbolchining harakatlarini 9,2 ballga loyiq ko‘rdi.
Ma’lumot uchun, navbatdagi turda “Manchester Siti” o‘z maydonida “Koventri Siti”ni qabul qiladi. Bahs joriy yilning 5 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Live
BarchasiTibbiy xizmatlar hajmi 3 karra oshdi
28 avgust
Maktablarda qamrov 78 foizga oshirildi
28 avgust