Husanovning chempionlikni boy bergan o‘yini qanday baholandi

Sport

image
Kecha, 19 may kuni Angliya Premer-ligasining 37-turida “Manchester Siti” safarda “Bornmut” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Shu tariqa “shaharliklar” chempionlik kurashida imkoniyatni boy berdi.

Uchrashuv “Vitaliti” stadionida bo‘lib o‘tdi. Mezbonlar 38-daqiqada Evanilsonning goli evaziga hisobni ochgan bo‘lsa, mehmonlar safida Erling Xoland uchrashuvning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan, 90+4-daqiqada muvozanatni tikladi.

O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.

“Sofascore” talqiniga ko‘ra, Husanovning o‘yindagi harakatlari 6,7 ball bilan baholandi. Bu “Siti” himoyachilari orasidagi eng yaxshi baholardan biri bo‘ldi.

“Manchester Siti”ning ochko yo‘qotishi natijasida, Londonning “Arsenal” jamoasi 22 yillik tanaffusdan so‘ng 2025-2026 yilgi mavsum Angliya Premer-ligasi chempioni bo‘ldi.

Maqola muallifi

Teglar

“Manchester Siti” “Arsenal” Abduqodir Husanov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing