Husanovning “Arsenal”ga qarshi o‘yinda maydonga tushish ehtimoli oshdi

Sport

image

Angliyaning “Manchester Siti” klubi ustozi Pep Gvardiola jarohat olgan futbolchilar “Arsenal”ga qarshi o‘yinda maydonga tushmasligini aytdi. Bu haqda u o‘yin oldi matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Bugun, 31 yanvar kuni APL doirasidagi “Arsenal” - “Manchester Siti” o‘yin oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda “shaharliklar” murabbiyi Pep Gvardiola jarohat olgan futbolchilar haqida gapirdi.

“Jarohat olgan futbolchilar to‘liqligicha tuzalmasdan turib, “Arsenal”ga qarshi o‘yinda maydonga tushmaydi”, dedi Gvardiola.

Ma’lumot o‘rnida, ayni damga kelib, “Manchester Siti” tarkibidagi futbolchilar orasida Ruben Diash, Natan Ake, Jeremi Doku, Rodri jarohat olgan va “Arsenal”ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuboradi. “Arsenal” - “Manchester Siti” o‘rtasidagi bahs 2 fevral kuni Toshkent vaqti bilan 21:30 da start oladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Hamid Sahari Abduqodir Husanov ishtirokida karikatura chizgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Arsenal Manchester Siti Pep Gvardiola Angliya Abduqodir Husanov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing