Husanovni yangi pozitsiyada sinab ko‘rish taktikamizga bog‘liq – Gvardiola

Sport

image

“Manchester Siti” klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Husanovning “Nyukasl”ga qarshi o‘yinda maydonga tushish ehtimoli haqida gapirdi. Bu haqda u o‘yin oldidan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida so‘z ochdi.

“Ikki nafar yangi himoyachi Abduqodir Husanov kerak vaqtda jamoaga yordam berishi mumkinligiga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsam, ikkisi ham markaziy himoyachi hisoblanadi. Akanjini esa majburan qanotda o‘ynatayotgan edik. Endilikda u 8-10 haftaga safdan chiqdi. Uning o‘rnini kim bilandir to‘ldirish kerak. Ixtiyorimda Riko Lyuis va Mateus Nunes bor. Adbuqodir bu pozitsiyada qay tarzda o‘ynay olishi biz tanlaydigan o‘yin uslubi va taktikaga bog‘liq bo‘ladi. Bu masalani yana o‘rganib chiqamiz”, deydi Gvardiola.

Shuningdek, “Manchester Siti” muxlislari ijtimoiy tarmoqlar orqali Husanovning maydonga tushishi kerakligi haqida yozgan.

“Akanjiga salomatlik tilaymiz. U asosiy tarkib futbolchisi edi. Agar Stounz formada bo‘lsa, u tayanch yarim himoya pozitsiyasiga o‘tishi kerak. Chunki bu pozitsiyada o‘ynayotgan Kovachich ancha sust harakat qilyapti. Buyog‘iga Lyuis va Husanov asosiy tarkib uchun raqobatlashadi. Gvardiol, Diash, Reys va Husanov varianti ham yomon emas. Stounz ulardan sal teparoqda tushirilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi”, deydi klub muxlislari.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 15 fevral kuni APL doirasida “Manchester Siti” o‘z maydonida “Nyukasl”ni qabul qiladi. O‘yin 20:00 da start oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti Xosep Gvardiola Abduqodir Husanov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing