Husanovga endi Turkiya grandi ham “og‘iz solyapti”

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Fransiyaning “Lans” klubi a’zosi Abduqodir Husanovga Turkiyaning Fenerbaxche klubi qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “Transfermarkt” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, hozirda Istanbul klubi 20 yoshli himoyachi transferi uchun taklif tayyorlamoqda. Shuningdek, Turkiyaning ko‘plab jurnalist va OAVi Husanov haqida bong urmoqda. 

Husanovning sovchilari ko‘paygani sari “Lans” uning transferidan ko‘proq mablag‘ ishlab olish ishqiga tushgan. Qayd etilishicha, Fransiya klubi hozirga kelib Husanov transferidan 50 million yevro ishlab olmoqchi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Husanov Fransiya chempionatining yarim mavsumlik ramziy jamoasiga kirishi mumkinligi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Abduqodir Husanov Lans

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing