Husanov YeCHLning guruh bosqichidagi eng tezkor futbolchisi bo‘ldi
Sport
−
17 fevral 1842 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi hamda “Manchester Siti” klubi himoyachisi Abduqodir Husanov UEFA Chempiolar ligasining guruh bosqichidagi eng tezkor futbolchisi deb topildi. Bu haqda “Gradient Sports” portali xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Abduqodir Husanov Chempionlar ligasi guruh bosqichida 35,80 km/soat tezlik qayd etgan va bu guruh bosqichidagi eng yuqori ko‘rsatgich hisoblanadi. Undan keyingi o‘rinda 35,67 km/soat tezlik bilan Fransiya terma jamoasi va “Real Madrid” hujumchisi Kilian Mbappe bu ro‘yxatda ikkinchi o‘rinni egalladi. Kuchli uchlikni “Yuventus” futbolchisi Lois Openda yakunlagan. Uning ko‘rsatkichi 35,16 km/soat.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Husanovning bu ko‘rsatkichi joriy yilning 28 yanvar kuni “Manchester Siti” va “Galatasaroy” uchrashuvida qayd etilgan. Abduqodir ushbu bahsda to‘liq 90 daqiqa harakat qilgan.
Joriy mavsum Chempionlar ligasining guruh bosqichida Husanov to‘rtta uchrashuvda maydonga tushgan va barcha o‘yinlarda intizomli harakat qilib, biror marta ham ogohlantirish olmagan. Shuningdek, u mazkur o‘yinlarda o‘rtacha 95 foiz aniq paslar amalga oshirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Sofascore” portali ham Chempiolar ligasining guruh bosqichidagi eng tezkor futbolchilar ro‘yxatini tuzib chiqqan edi. Unda Husanov Kilian Mbappedan keyin ikkinchi o‘rinni olgan.
Live
Barchasi