Husanov va Erkinov klublari ixtiyoriga jo‘nab ketdi
Sport
−
30 aprel
12119Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-23 terma jamoasi futbolchilari Hojimat Erkinov va Abduqodir Husanov Osiyo kubogi finalida jamoadoshlariga yordam bera olmaydi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) matbuot xizmati xabar berdi.
Bugun, 30 aprel kuni ikkala futbolchi ham klubi ixtiyoriga jo‘nab ketgan.
Manbaga ko‘ra, O‘FA tomonidan Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinovning klublari bilan asosiy vazifaga qadar – Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritish bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Shu sababli, ushbu ikki futbolchi o‘z jamoalari tarkibidagi navbatdagi muhim o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun klublari safiga yo‘l oldi.
“O‘FA ushbu tarixiy vazifani qayd etishda legionerlarimizning terma jamoamiz ixtiyoriga yetib kelishida ko‘maklashgani uchun “Lans” va “Al-Vahda” klubiga minnatdorchilik bildiradi”, deyiladi manba xabarida.
Ma’lumot uchun, U-23 Osiyo kubogi finali 3 may kuni bo‘lib o‘tadi. Hal qiluvchi o‘yinda O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Yaponiyaga qarshi bahs olib boradi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da start oladi.
LiveBarchasi