Husanov O‘zbekistonning elchisi bilan uchrashdi

Sport

image

Kecha, 3 fevral kuni “Manchester Siti” klubining o‘zbekistonlik futbolchisi Abduqodir Husanov O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi Ravshan Usmonov bilan uchrashdi. Bu haqda Usmonov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

“Manchester Siti” futbol klubi himoyachisi hamyurtimiz Abduqodir Husanovga doimo muvaffaqiyatlar tilaymiz!” deb yozdi Usmonov o‘z sahifasida.

Qayd etish joiz, Husanov 20 yanvar kuni rasman “Manchester Siti” futbolchisiga aylandi. Qisqa vaqt ichida 20 yoshli himoyachi shaharliklar safida debyut qilishga ham ulgurdi. U Angliya chempionati 23-turi doirasida “Chelsi”ga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushib, 52-daqiqada zaxiraga olindi.

Ma’lumot uchun, Husanovning ingliz klubi bilan shartnomasi 2029 yilga qadar tuzilgan. Bungacha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Belarusning “Energetik-BGU” va Fransiyaning “Lans” jamoalarida to‘p tepgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Manchester Siti” ustozi Pep Gvardiola jamoasining “Arsenal”dan uchralgan mag‘lubiyatini izohlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti Abduqodir Husanov Ravshan Usmonov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing