Husanov “Siti”da yana bir kubok yutdi
Sport
−
16 may 7034 2 daqiqa
Bugun, 16 may kuni Angliya Kubogi final bahsi bo‘lib o‘tadi. Bosh sovrin uchun kurashda “Manchester Siti” 1:0 hisobida “Chelsi”ni mag‘lubiyatga uchratdi va kubok sohibi bo‘ldi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limi qarama qarshi hujumlarda kechgan bo‘lishiga qaramay, hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘limning 57-daqiqasida Husanov raqibga ishlatgan qo‘polligi uchun ogohlantirildi. O‘yinning yagona goli 72-daqiqada Holandning uzatmasidan keyin Antuan Semeno tomonidan kiritildi. Uchrashuv so‘ngiga qadar ushbu hisob saqlanib qoldi va “Manchester Siti” 2025-2026 yilgi Angliya Kubogini qo‘lga kiritdi.
Abduqodir Husanov uchrashuvda to‘liq 90 daqiqa harakat qildi. “Sofascore” portali talqiniga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisining finaldagi harakatlari 6,7 ball bilan baholandi. Ushbu sovrin Husanov “shaharliklar” safiga qo‘shilganidan beri 2-kubogi bo‘ldi.
Bungacha Abduqodir joriy yilning 22 aprel kuni Angliya Liga kubogi finalida “Arsenal” ustidan qozonilgan g‘alaba orqali Liga kubogini qo‘lga kiritilgandi. Shuningdek, “Manchester Siti” Angliya Premer-ligasida ham chempionlik uchun kurash olib bormoqda. Mavsum tugashiga ikki tur qolgan bir paytda “shaharliklar” “Arsenal”dan ikki ochko orqada bormoqda. Agar qolgan ikki turda “Arsenal” ochko yo‘qotsa, Husanov jamoasi mavsumni ichki trebl bilan yakunlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.