Husanov nega “Lester”ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritilmadi?
Sport
−
02 aprel
20344Angliya chempionati 30-turidan o‘rin olgan “Manchester Siti” - “Lester” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv startiga bir necha daqiqa qolganda “shaharliklar” o‘yin qaydnomasini e’lon qildi va qaydnomada o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov nomi keltirilmadi.
Ma’lum bo‘lishicha, Husanovda jarohat yo‘q va “shaharliklar” ustozi Pep Gvardiola shunchaki o‘zbekistonlik 21 yoshli futbolchiga dam berishga va uni keyingi turda bo‘ladigan “Manchester Yunayted” bilan o‘yinga asrashga qaror qilgan.
Qayd etish joiz, Husanov Angliya kubogi chorak finalidan o‘rin olgan “Bornmut”ga qarshi bahsda 1-taym o‘ynab, zaxiraga olingandi.
Ma’lumot uchun, “Manchester Yunayted” - “Manchester Siti” o‘yini 6 aprel kuni o‘tkaziladi. Mazkur derbi Angliya chempionati 31-turidan o‘rin olgan bo‘lib, bahsga afsonaviy “Old Trafford” stadioni mezbonlik qiladi.
LiveBarchasi
Trenddagilar




