Husanov mundialning eng tezkor futbolchilari qatoriga kirdi
Sport
−
21 iyul 3894 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov yakuniga yetgan Jahon chempionatining eng tezkor futbolchilari qatoridan joy oldi. Bu haqda FIFA xabar berdi.
FIFA tomonidan e’lon qilingan rasmiy statistikaga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov 2026 yilgi jahon chempionati davomida eng yuqori tezlik qayd etgan futbolchilardan biri bo‘ldi.
22 yoshli himoyachi musobaqa davomida soatiga 36,46 kilometr tezlikka erishib, turnirning eng tezkor o‘yinchilari reytingida 6-o‘rinni egalladi.
Shuningdek, Husanov ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha barcha himoyachilar orasida 3-pog‘onadan joy oldi.
E’tiborlisi, Abduqodir Husanov Jahon chempionati davomida 3 ta uchrashuvda maydonga tushdi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi joriy Jahon chempionatida Kolumbiya, Portugaliya va O‘zbekiston terma jamoalari bilan bir guruhdan joy oldi va barcha uchrashuvlarda mag‘lubiyatga uchradi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust