Husanov dunyoning eng yaxshi markaziy himoyachilaridan biriga aylanadi – “Siti” sport direktori

Sport

image

“Manchester Siti” jamoasining sport direktori Ugu Viana o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanovning salohiyati yuqori ekanini aytdi. Portugaliyalik mutaxassis Xusanov kelgusida dunyoning eng yaxshi markaziy himoyachilaridan biriga aylanishi mumkinligini aytdi. Bu haqda Viana klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida so‘z ochdi.

“Abduqodirni jamoaga olib kelganimizda, barchamiz uning jismoniy imkoniyatlarini yaxshi bilardik. U kelajakda jamoamiz uchun juda muhim futbolchiga aylanishiga ishonardik. Ammo bu qadar tez sodir bo‘ladi deb o‘ylamagan edik, chunki u hali juda yosh edi va Fransiyada ham juda qisqa vaqt o‘ynagandi.
Biz undan juda-juda mamnunmiz. U hali ham rivojlanishda davom etmoqda, o‘rganishi kerak bo‘lgan jihatlar hali bor. Ishonchim komilki, keyingi besh-olti yil ichida u dunyoning eng yaxshi markaziy himoyachilaridan biriga aylanadi”, deydi Ugu Viana.

Qayd etish joiz, Abduqodir Husanov joriy mavsumda “shaharliklar” safida barcha musobaqalar doirasida 6 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

Ma’lumot uchun, Abduqodir Husanov “Manchester Siti” safiga kelib qo‘shilgandan so‘ng jamoa bilan bir martda Angliya kubogi va bir marta Angliya Liga kubogi bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing