Husanov “Arsenal”ga o‘tishi mumkin

Sport

image

O‘zbekiston terma jamoasi va Fransiyaning “Lans” klubi a’zosi Abduqodir Husanovga Angliyaning “Arsenal” klubi qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “BeFutbol” X sahifasi xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Arsenal” klubi Fransiya chempionatining 20 yoshli yulduziga ko‘z tikkan. “Lans” himoyachisi tezkorlik va sovuqqonlik borasida “kanonirlar” a’zosi Uilyam Salibaga qiyoslanmoqda.

Shuningdek, Fransiya OAVda futbolchiga Parijning PSJ klubi ham qiziqish bildirayotgani haqida xabar tarqaldi. Qayd etilishicha, Parij klubi o‘zbekistonlik himoyachini braziliyalik Markinosga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Hozirda PSJ Markinosga o‘rinbosar qidirmoqda, 20 yoshli Husanov esa bu o‘ringa munosib nomzod.

“Lans” klubi kelasi yozda Husanovning transferidan kamida 40 million yevro ishlab olishni rejalashtirgan. Fransuz mutaxassislarining fikricha, uning transfer bozoridagi qiymati 30-40 million yevrogacha oshishi mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Husanov Fransiya chempionati ramziy jamoasiga kiritilgani xabar qilingandi. 

Uning 8-turda “Renn”ga qarshi xatti-harakatlari 7 ballga loyiq ko‘rildi.


Maqola muallifi

Teglar

Arsenal Abduqodir Husanov Lans

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing