Husanov APL ramziy jamoasiga kiritildi
Sport
−
10 mart 17509 1 daqiqa
“Manchester Siti”ning o‘zbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanov Angliya chempionatining 21 yoshgacha bo‘lgan eng yaxshi futbolchilaridan iborat ramziy jamoaga kiritildi. Bu haqda “Score90” xabar berdi.
Nashr tomonida tuzilgan ramziy terma jamoaga Husanovdan tashqari “shaharliklar”dan Riko Lois va Savino kiritilgan. Ramziy jamoadan eng ko‘p aynan “Manchester Siti” va shaharning yana bir jamoasi “Manchester Yunayted” futbolchilari joy olgan. “Qizil iblislar”dan Leni Yorro, Kobbi Meynu va Garnacho chempionatining eng yaxshi 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilari qatorida e’tirof etildi.

Ma’lumot uchun, 21 yoshli Husanov hozirga qadar “Siti” tarkibida 7 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 marta raqib darvozasini ishg‘ol qildi va shuningdek, “shaharliklar”ning fevral oyidagi eng yaxshi futbolchisi, deb topildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Abbosbek Fayzullayev Husanovning Sitiga o‘tishi top darajadagi transfer ekanligini aytgandi.