“Humo”ni xalqaro hisob-kitoblarda ham foydalanish mumkin bo‘ladi
Jamiyat
−
28 mart 2019 4964 1 daqiqa
28 mart kuni Markaziy bank va MasterCard Europe o‘rtasida chora-tadbirlar protokoli imzolandi, deya xabar berdi Markaziy bank.
Hujjatda “Humo” to‘lov tizimi tarmog‘ida to‘lov vositalarini qabul qilish sohasi va infratuzilmasini rivojlantirish, yaratilgan to‘lov infratuzilmasida MasterCard kartalarining foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, tomonlar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirishda MasterCard to‘lov vositalaridan foydalangan holda “Humo” to‘lov kartalari imkoniyatlarini kengaytirish istagini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning oxirida Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Timur Ishmetov “Humo” to‘lov tizimi 2019 yil yanvar-fevral oylarida ishga tushishi haqida ma’lum qilgan edi.
Live
Barchasi